Media Design Group

Folkceramic.uz

G‘ijduvon hunarmandchilik markazining mahsulotlar marketpleysi va veb-sayti.

Loyiha haqida

O‘rta Osiyoda G‘ijduvon kulolchiligi azaldan o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik an’anaviy kulolchilik markazlaridan biri hisoblanadi. Narzullayevlar sulolasi 300 yillik tarixga ega bo‘lgan sulola bo‘lib, hozirda Abdullo Narzullayev shu sulolaning 6-avlod vakili sifatida o‘zining oilasi bilan birgalikda uch hunarni o‘zida mujassamlashtirgan Hunarmandchilik markazini tashkil etgan.  

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ustasi Abdullo Narzullayev o‘z xonadonida Ibodullo Narzullayev nomidagi milliy kulolchilik uy-muzeyi, kulolchilik, kashtachilik va gilam to‘qish ustaxonalari, galereya, uy-mehmonxona va milliy taomlar oshxonasi joylashgan. Hunarmandchilik markaziga har yili dunyoning turli davlatlaridan 8000-10000 nafar sayyohlar tashrif buyuradi.